Vertongen: "Balki bizning hujum chizig‘imiz qarigandir"

  • 28 noyabr, 2022, 01:05
  • Odilbek Fayzullayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Belgiya Marokashga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrab, o‘z imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. O‘yindan keyin terma jamoaning tajribali himoyachisi Yan Vertongen o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Hozir hayolimdan juda ko‘p narsa o‘tmoqda. Bu erda aytmasligim kerak bo‘lan ko‘p gaplar bor. Balki bizning hujum chizig‘imiz qarigandir. Bu potsitsiyada sifatli o‘yinchilar etarli. Ammo biz xavfli hujumlar uyishtira olmadik”,- dedi 35 yoshli himoyachi.

Vertongenning ushbu gaplari De Bryunega berilgan javob edi. “Manchester Siti” futbolchisi oldinroq ular 2018 yil kuchliroq bo‘lgani. Belgiya Qatarda o‘tadigan mundialda favorit emasligi va oltin avlod endi qarib qolganligini aytgandi.

Rossiyada o‘tgan jahon chemionatida Belgiya yarim finalgacha etib borib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Ayni damda terma jamoaning guruxdan chiqish imkoniyati saqlanib turibdi. Ammo ularni 3-turda Xorvatiyaga qarshi qiyin uchrashuv kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
28/11/2022 10:54
Де Бруйне тугри айтган. 2018да таркиб кучлирок эди. Белгияни тренери бу жамоага мос келмайди. Эхтимол Осиё ёки Африка жамоасини кучайтириб, европа даражасига кутара олса керак. Лекин шундок хам кучли Белгия жамоасини янги даражага кутара олмайди. 2018йилдан аввалрок Мартинес ни алмаштиришганда ЖЧ-2018 да хам чемпион булиши мумкин эди.