
Vertongen mavsumda bir daqiqa o‘ynab, Portugaliya chempioniga aylandi
Belgiyalik himoyachi Yan Vertongen Lissabonning "Benfika"sida Portugaliya chempioniga aylandi. Qayd etish joiz, bu 36 yoshli futbolchi uchun 2012 yildan buyon ilk sovrindir.
Qizig‘i, 2022/2023 yilgi mavsumda tajribali futbolchi Primeirada "burgutlar" safida bor-yo‘g‘i bir daqiqa o‘tkazdi.
O‘tgan yilning sentyabr oyi boshida Vertongen Lissabon jamoasini tark etdi va o‘z vataniga ko‘chib o‘tdi va Bryusselning "Anderlext" klubi bilan ikki mavsumga mehnat shartnomasini imzoladi.
Belgiya chempionatida himoyachi 23 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va uchta sariq kartochka oldi. U "Tottenxem" uchun premer-ligadagi o‘yinlari bilan muxlislarga tanilgan.
Fikrlar