Vertongen uchun A Seriyaning 3 ta klubi kurash olib boradi

  • 6 aprel, 2020, 18:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" va "Roma" klublari "Tottenxem" himoyachisi Yan Vertongen uchun kurash olib boradi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, dastavval belgiyalik futbolchi yozda "Inter"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, endi kurashga "Napoli" va "Roma" ham qo‘shildi. “Neradzurrilar” ustozi Antonio Konte esa Vertongen bilan shaxsan gaplashib, uni Milanga kelishga ko‘ndirmoqchi.

Yan Vertongen joriy mavsum “Tottenxem” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!