"Vest Xem" 43 yil kutilgan sovrinni yutib bergan murabbiy bilan shartnoma uzaytirildi

  • 30 dekabr, 2023, 13:27
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Devid Moyes "Vest Xem" bilan yangi shartnoma imzoladi. 

Shotlandiyalik mutaxassis "bolg‘achilar" bilan kelishuvni 2025/26 yilgi mavsum so‘nggiga qadar uzaytirdi. 60 yoshli shotlandiyalikning amaldagi bitimi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan edi. 

19 turdan so‘ng londonliklar Premer-liga turnir jadvalida 6-o‘rinni band etib turibdi. Shuningdek, jamoa Evropa ligasining 1/8 finaliga yo‘l olgan. 

Qayd etish lozim, o‘tgan mavsumda Moyes "Vest Xem" bilan birgalikda Konferentsiyalar ligasida zafar quchgan va 43 yil ichida ilk sovrinini qo‘lga kiritgandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!