
"Vest Xem" futbolchisi "Arsenal"ga o‘tishi mumkin
"Arsenal" hamshahari "Vest Xem" yarim himoyachisi Felipe Andersonga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Football Insider nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "kanonirlar" braziliyalik futbolchi va bosh murabbiy Devid Moyes o‘rtasida yuzaga kelgan mojarodan foydalanib qolmoqchi. Andersonning “bolg‘achilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa, 25 mln evroga baholanmoqda.
Anderson o‘tgan mavsum “Vest Xem” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar