
"Vest Xem" Jessi Lingardning transferini to‘liq sotib olmoqchi
“Vest Xem” bosh murabbiyi Devid Moyes mavsumni “bolg‘achilar” safida ijarada o‘tkazayotgan “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingardning transferini sotib olish istagi borligi haqida gapirdi.
“Lingard “Vest Xem”ga o‘tishni anchadan buyon xohlardi. Jessi menga bizning jamoamizda o‘ynash istagi borligini aytgan. U bizning jamoamizni o‘zi uchun eng yaxshi joy deb hisoblaydi. Umid qilamanki, mavsum oxirida biz uning transferini to‘liq sotib olamiz”, - dedi shotlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli angliyalik futbolchi “Vest Xem” safiga joriy qishki transferlar davrida ijara asosida ko‘chib o‘tdi. U o‘tgan davr mobaynida APLda 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar