Vidal Messining diskvalifikatsiyasi bekor qilinishiga o‘z munosabatini bildirdi

Myunxenning "Bavariya" klubi va Chili terma jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal FIFA Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining diskvalifikatsiyasini bekor qilganidan norozi ekanligini aytib o‘tdi. 

"Qonun barcha uchun bir hil bo‘lishini istardim", - deydi Vidal ESPN nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Chili terma jamoasiga qarshi bahsda hakam yordamchisini haqorat qilgan deb topilgan Messi dastlab 4ta o‘yinga chetlatilgan edi. Biroq, yaqinda FIFA apellyatsiya qo‘mitasi Leoning diskvalifikatsiyasini bekor qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!