Vikinglar "Bavariya"ni qiynab qo‘ydi, nemislarning asosiy yulduzi haydaldi
«Bavariya» va «Viking» oʻrtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi gollarga boy kechdi va 3:3 hisobida yakunlandi.
Bellashuv boshlanishi bilanoq maydon egalari sensatsiya yaratishdi. 2-daqiqada Janni Stensness aniq zarba bilan hisobni ochdi va «Viking»ni oldinga olib chiqdi. Norvegiya klubi shunga qanoat qilmadi, hujumlarni davom ettirdi va tanaffus oldidan ustunlikni oshirishga muvaffaq boʻldi: 38-daqiqada Peter Kristiansen ikkinchi golni urdi.
Ikkinchi boʻlimda myunxenliklar oʻyinni qoʻlga olishga harakat qildi va bu oʻz samarasini berdi. 54-daqiqada Garri Keyn penaltiyni aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi. Oradan olti daqiqa oʻtib, ingliz hujumchisi yana bir bor darvozani ishgʻol etib, dublini rasmiylashtirdi va hisobni tenglashtirdi — 2:2.
Shundan soʻng «Bavariya» bosimni kuchaytirdi va 71-daqiqada ilk bor hisobda oldinga chiqdi. Luis Dias aniq zarba bilan nemis jamoasining taʼsirli qaytishini yakunladi. Biroq oradan ikki daqiqa oʻtiboq mehmonlar uchun vaziyat keskin oʻzgardi: Maykl Olise toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka oldi va myunxenliklar maydonda bir futbolchi kam boʻlib qolishdi. Ūyinni oʻn kishi bilan davom ettirgan «Bavariya» ustunlikni saqlab qololmadi. Mezbonlar jamoasini magʻlubiyatdan German Haugenning goli qutqardi.

Fikrlar