“Villa” sardori bosqinchilar tomonidan o‘ldirildi

  • 07.08.2026 10:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ugandaning “Villa” klubi  sardori Devid Ovori nomaʼlum shaxslar hujumidan keyin vafot etdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Kapitanimiz Devid Ovorining bevaqt vafot etganini chuqur qaygʻu bilan maʼlum qilamiz. U nomaʼlum shaxslar hujumidan soʻng shifoxonada davolanyotgan edi. Uning oilasiga chuqur hamdardlik bildiramiz va ular uchun duo qilamiz, - deyiladi klub bayonotida.

Daily Monitor nashrining yozishicha, kechqurun 27 yoshli futbolchi yashash joyi yaqinida nomaʼlum shaxslar tomonidan hujumga uchragan. Ovori ogʻir ahvolda shifoxonaga olib borilgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.

Ovori himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida toʻp surgan. U 2023/2024 yildgi mavsumda “Villa”ga soʻnggi 20 yil ichida ilk bor Uganda chempionligini qoʻlga kiritishga yordam bergan hamda klub tarixidagi rekord darajadagi 17-chempionlik unvonini taqdim etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!