
"Viloyat hokimining ishonchini his qilyapman, menga klub or-nomusi, uning natijasi uchun kurashadigan o‘yinchilar kerak" - Vitaliy Levchenko
Xabaringiz bo‘lsa, kuni kecha “Neftchi” bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko amaldagi shartnomasini 2024 yilning 31 dekabrga qadar uzaytirdi.
O‘tgan yildan beri buyon farg‘onaliklar jamoasini boshqarib kelayotgan mutaxassis o‘tgan vaqt mobaynida rahbariyatning ham, ishqibozlarning ham ishonchini qozonib kelmoqda.
Sports.uz muxbiri esa “Neftchi” ustoziga ayrim savollar bilan murojaat qildi.
- Vitaliy Grigorevich, bungacha xizmatingizga qiziqishlar ortgandi. Lekin “Neftchi” siz bilan shartnomani uzaytirdi. Klubdan barvaqt bunday taklif bo‘lishini kutganmidingiz? Shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lganingizning asosiy sababi nimada?
- Eng asosiysi, senga ishonishayotgandagi paytdir. Men viloyat xokimi Xayrulla Hayitboevich Bozorov tomonidan ishonchni his qilyapman. U kishi “Neftchi” uchun ko‘p ishlarni qilmoqda. Menga shartnomani uzaytirish masalasi bilan chiqishganida, shu bois uzoq o‘ylanib o‘tirmadim va rozi bo‘ldim. Sababi, mana shunday insonga pand berishni istamayman.
- “Neftchi”dagi faoliyatingiz davomida ko‘proq nimani orzu qilyapsiz?
- “Neftchi”ning xuddi Ittifoq davridagidek bo‘lgan mavqega qaytishini xohlayman. Shuningdek, “Istiqlol” stadionining ishqibozlar bilan limmo - lim to‘lishi va “Neftchi”ning sifatli futbol namoyish etishini ko‘rmoqchiman.
- Ikkinchi davra ham boshlanish arafasida. Ammo “Neftchi” ayrim etakchilarini yo‘qotgandek. Bu fikrga qo‘shilasizmi?
- Hayotda majburan yoqimtoy bo‘la olmaysan, deyishadi. Shu tamoyilga amal qilib kelaman. Agar futbolchining xayoli butunlay boshqa klubda bo‘lsa, uni jamoada majburan ushlab qolish mutlaqo befoyda! Menga klub or-nomusi, uning natijasi uchun kurashadigan o‘yinchilar kerak. Faqat shunday futbolchilar bilan yuqori maqsadlarga erishsa bo‘ladi!
- Tabatadzening ketishi siz uchun kutilmagan yangilik bo‘ldimi?
- Shunday maqol bor: baliq chuqurlikni, inson esa o‘ziga yaxshi bo‘ladigan joyni qidiradi. Ammo amalda nima bo‘lishini faqat vaqt ko‘rsatadi. Muayyan fursat o‘tsin-chi, biz bilan bog‘liq vaziyat qanday yuz berishini ko‘ramiz.
- Transfer oynasi yopilgunicha yana yangi nomlar ko‘ramizmi?
- Albatta, hammasi yaxshilikka. Tez fursatda bizda yangi nomlar paydo bo‘ladi.
- Yaqinda “Neftchi”da yangi legioner Vaxib Tara ko‘rinish bergandi. U qoldimi yoki ketdimi?
- Barchasi futbolchining o‘ziga bog‘liq: o‘zini ko‘rsatsa, klubda qoladi, aks holatda esa o‘ziga yangi jamoa qidiraversin.
Shuhratbek Jo‘raev.
Fikrlar