
“Vilyarreal” qiyin kechgan o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
Ispaniya chempionati 33-turida “Vilyarreal” jamoasi o‘z maydonida “Leganes” futbolchilarini qabul qildi.
Anchagina murosasiz va kurashlarga boy kechgan o‘yinda “sariq suvosti kemasi” 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 68-daqiqasida Bakambu hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqada Gerrero muvozanatni tikladi.
O‘yinni so‘nggi soniyalarida Bakambu yana katta sahnaga chiqib, jamoasiga 3 ochko taqdim qilgan golni kiritdi.
Vilyarreal – Leganes 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 68 Bakambu, 1:1 – 90 Gerrero, 2:1 – 90 Bakambu.
Vilyarreal – Fernandes, Musakko, Kosta, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Soriano, Trigeros, Soriano (Dos Santos, 76), Sansone (Kastilexo, 61), Soldado (Adrian, 87), Bakambu.
Leganes – Yago Errerin, Siovas, Insua, Marin, Dias, Pires (Bueno, 70), Moran, Lopes (Samu, 81), Bustinsa, Lusiano (Timor, 66), Gerrero.
Ogohlantirishlar: Musakko (65), Bustinsa (73), Moran (84), Siovas (90).
Fikrlar