
"Vilyarreal"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Valverde "hunar" ko‘rsatdi
La Liganing 29-turida "Real" "Vilyarreal"ni o‘z maydonida qabul qilib, 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 59-daqiqada Benzema o‘rniga Valverde o‘yinga tushirildi. Yarim himoyachi bilan matchdan keyin kutilmagan voqea sodir bo‘ldi.
"El Chiringuito" nashri xabar berishicha, Valverde uchrashuv yakunlangach, "Vilyarreal" vakili Baenani avtobus oldida kutib turgan va unga qarata tashlangan. Ma’lum bo‘lishicha, urugvaylik futbolchi Aleksning yuziga musht tushirgan. Ushbu voqelar tasvirlangan video borligi aytilmoqda va Federikoga nisbatan chora qo‘llanilishi mumkin.
Mag‘lubiyatdan keyin "Real" turnir jadvalida 59 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Mazkur turdan so‘ng madridliklar va "Barsa" o‘rtasida 15 ochkolik farq yuzaga kelishi mumkin.
Fikrlar