Vinisius "Instagram"da post qoldirdi. U "Real"dan ketmoqchimi?

  • 22 may, 2023, 01:53
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Vinisius Junior "Valensiya"ga qarshi uchrashuvdan keyin ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. "Ko‘rshapalaklar" muxlislari braziliyalik futbolchini haqorat qilgandi.

Tecno

"Bunday voqea birinchi, ikkinchi yoki uchinchi marta bo‘layotgani yo‘q. La Ligada irqchilik odatiy holga aylangan. Chempionat buni normal holat deb hisoblaydi, Federatsiya ham shunday qiladi va tabiyki raqiblar irqchilikni har o‘yinda qo‘llaydi. Men juda afsusdaman. Bir paytlar Ronaldino, Ronaldo, Krishtianu va Messiga tegishli bo‘lgan chempionat bugun irqchilarga tegishli.

Bu meni kutib olgan va men sevadigan, lekin irqchi mamlakat sifatida dunyoga tanilgan go‘zal xalq. Mening gaplarimga qo‘shilmaydigan ispanlardan uzr so‘rayman. Lekin bugungi kunda Braziliyada sizning vataningiz Ispaniya irqchilar mamlakati sifatida tanilgan. Afsuski, har hafta sodir bo‘ladigan bunday voqealar uchun menda himoyalanish varianti yo‘q. Men barchasiga tayyorman. Men kuchliman va irqchilarga qarshi oxirigacha kurashaman. Garchi bu erdan uzoqda bo‘lsa ham", - deya yozmoqda Vinisius.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Farrruxxolosov
22/05/2023 12:10
Vinni king of the match