Vinisius Junior: Manchesterni boshni baland ko‘targan holda tark etmoqdamiz
"Real" vingeri Vinisius Junior Chempionlar Ligasi doirasidagi "Manchester Siti"ga (3:4) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Javob o‘yinida hali hamma narsani o‘zgartirishimiz mumkin, oldinda 90 daqiqa bor. Muxlislarimiz finalga chiqishimizga yordam bera oladi. Manchesterni boshni baland ko‘targan holda tark etmoqdamiz. 0:2 hisobidan keyin biz taslim bo‘lmadik. O‘yinga qaytdik va ularga 3 ta chiroyli gollar urdik.
Dastlabki daqiqalarda yaxshiroq harakat qilish kerak, kech o‘yinga qo‘shilib bo‘lmaydi. Murabbiyning jahli chiqdimi? Albatta! Ammo men bunday janglarda qatnashishni yaxshi ko‘raman. Bu kabi shiddatni yoqtiraman", - dedi Vinisius.

Fikrlar