
Vinisius yozda "Real"dan ketadimi?
"Real Madrid" yulduzi Vinisius Junior ushbu yozda "qirollik klubi"ni tark etmaydi.
Avvalroq, klub va futbolchi o‘rtasida shartnomani uzaytirish ishlari to‘xtab qolgan edi, braziliyalik hujumchiga Saudiya klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
The Athletic xabariga ko‘ra, Vinisiusning atrofidagi odamlar so‘nggi paytlarda Saudiya Arabistonidan hech qanday taklif bo‘lmaganini va futbolchi bu mavsum ham jamoada qolishini ta’kidlamoqda.
25 yoshli vingerning "Real" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Yakuniga etgan mavsumda Vini "Real" safida 58 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 19 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar