
Vitaliy Levchenko: "Norchaev futbol o‘ynamoqchi bo‘lsa, mashg‘ulotlar o‘tkazishi kerak. U tonusda emas"
Superligada 16-tur start oldi. "Neftchi" jamoasi bu tur safarda "Metallurg"ga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Jangovar bahs ko‘rdik. G‘alabaga tayyorgarlik ko‘rgan edik. "Metallurg"ga hozir ochko juda ham kerak. Ular kutganimizdek mudofaada juda tartibli o‘yin ko‘rsatdi. Bo‘sh zona qoldirishgani yo‘q. Birinchi bo‘limda ob-havo sababli tezlik past bo‘ldi. Ikkinchi taymda tezlik oshdi, biz ham, ular ham gol kiritib, yutib ketishi mumkin edi.
- Norchaevning kech zaxiradan tushishini qanday izohlaysiz?
- Norchaev olimpiadadan so‘ng muammolarini hal qilishi kerak. Agar futbol o‘ynamoqchi bo‘lsa mashg‘ulotlar o‘tkazish kerak. U tonusda emas.
- Jasur Jaloliddinov masalasida yangilik bormi?
- Bu rahbariyatga beriladigan savol. Men ham OAVdagi yangiliklarni o‘qiyman.
Fikrlar