Vitinya Myunxen safari oldidan jamoadoshlarini ogohlantirdi
PSJning “Bavariya” ustidan qozongan 5:4 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng jamoa yetakchisi Vitinya o‘yindan mamnun ekanini bildirdi.
Biroq, portugalialik futbolchi yakuniy natijadan qoniqqan bo‘lsa-da, o‘yin ssenariysidan (uchrashuv tugashiga 30 daqiqa qolganida PSJ 5:2 hisobida oldinda borayotgan edi) biroz afsusda ekanligini yashirmadi.
- Biz xursandmiz, g‘alaba qozondik. “Bavariya”ga qarshi o‘yin har doim qiyin kechadi. Ajoyib futbol guvohi bo‘ldik, bu mening hayotimdagi eng yaxshi o‘yin edi.
Musobaqaning juda muhim boqichida ikki kuchli jamoa to‘qnash keldi. G‘alaba qozonganimizdan baxtiyormiz, lekin ko‘rdikki, bu keyingi bosqichga chiqish masalasi hal bo‘ldi degani emas.
Biz Myunxenga xuddi “Chelsi” va “Liverpul”ga qarshi o‘ynagandek, bor kuchimiz bilan faqat g‘alaba uchun kurashishga boramiz. Bu natija bizga o‘zimizga bo‘lgan ishonchni beradi, baribir g‘alaba qozondik-ku. Ammo aytganimdek, hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q, - dedi Vitinya.

Fikrlar