
Vitsel Azarning faoliyatini yakunlagani haqida gapirdi
Aksel Vitcel Eden Azarning faoliyatini yakunlash qaroriga izoh berdi.
"Chelsi", "Real" va Belgiya terma jamoasining sobiq futbolchisi 32 yoshida faoliyatini yakunladi.
- Azar faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Siz uni yaxshi bilasizmi, u "Real"dagi yillarini qanday o‘tkazdi?
"Eden mening do‘stim. Ko‘p yillar davomida terma jamoada birga o‘ynadik. Menimcha, u fantastik karera qildi. Ammo so‘nggi yillarda ishlar biroz murakkablashdi. Ko‘rganingizdek, so‘nggi ikki yil uning uchun juda qiyin bo‘ldi.
Futbolchi tez-tez jarohat olsa, ruhiy tarafdan bosimga duch keladi. Shunday holatda ham sizda davom etish, har kuni mashg‘ulot o‘tkazish istagi bor yoki yo‘qligini nafaqat boshingiz bilan, balki, tanangiz bilan ham his qilishingiz kerak, - dedi "Atletiko" yarim himoyachisi.
Fikrlar