Vladimir Bubanya: "Olimpik" klubiga qarshi jiddiy tayyorlanyapmiz"

  • 26 mart, 2023, 11:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoasi chempionatning navbatdagi o‘yiniga Dukentda tayyorlanayotganini bilasiz.

Tecno

Oldinda 3 aprel kuni “Olimpik” klubiga qarshi uchrashuv kutib turibdi. G‘alabani xohlayotgan "Andijon" a’zolari bor e’tiborini mazkur bellashuvga qaratgan.

"Burgutlar"ning serbiyalik legioneri Vladimir Bubanya esa ortda qolgan bahslar va oldinda turgan o‘yin to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

-  Ortda qolgan 3 ta o‘yin xususida nimalarni aytgan bo‘lardingiz?

- Chempionatni yaxshi boshlagan holda safarda “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratib keldik. Keyin “Surxon”ga omadsiz tarzda yutqazib qo‘ydik. O‘shanda Mamatkazinning haqqoniy golini asossiz ravishda bekor qilishdi. Oxirgi o‘yinni esa ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadik.

- Navbatdagi turda “Andijon” “Olimpik” jamoasi bilan bellashadi. Raqib haqida fikringiz qanday?

- O‘ylaymanki, “Olimpik” chempionatdagi eng yaxshi futbolni namoyish etadigan klublardan biridir. Aytish kerakki, “Olimpik” yosh jamoa, ammo tarkibdagi futbolchilar anchadan beri birga to‘p surishayotgani bois o‘yini shakllanib ulgurgan. O‘z-o‘zidan mazkur raqibga qarshi bellashuvga jiddiy ravishda tayyorgarlik ko‘rib, bir necha kundan beri Dukentda shug‘ullanyapmiz. Bizning o‘z rejamiz va maqsadimiz bor.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
26/03/2023 20:28
Барибир ютказасизлар ундан ку'ра тайёргарлик ку'рмай чойхонада паловни еб ёнбошлаб ётинглар илтимос к,илсанглар учта ту'п урмац 1_0 га ютади бу'лмаса Олтмпик сизларга 5 та уради