
Volkanovski: Pyotr Yan g‘alaba qozongan edi
Engil vazn toifasida UFC chempioni va P4P talqiniga ko‘ra dunyoning eng yaxshi jangchisi Aleksandr Volkanovski UFC 280 turnirida rossiyalik Pyotr Yan amerikalik Shon O’Mellidan yaxshiroq jang qilganini aytdi.
“Bu yaqin jang bo‘ldi, menimcha, bu to‘qnashuvda Pyotr Yan g‘alaba qozondi. Uchinchi raund yakuni arafasida Yan teykdaunni amalga oshirdi va raqibiga bir nechta yaxshi zarbalar berdi.
Shuning uchun men hakamlarning qaroridan hayratda qoldim, lekin jang juda ham tomoshabop va qiziqarli o‘tdi. Agar mendan ushbu jangda kim g‘olib bo‘lganini so‘rasangiz, katta ehtimol bilan Pyotr Yanni tanlayman”, — dedi avstraliyalik jangchi.
Fikrlar