Vositachilar “Real”ga “Siti” markaziy himoyachisi va pleymeykerini taklif qildi
Futbol agentlari va vositachilari joriy mavsumni sovrinsiz yakundagan “Real” tarkibda oʻzgarish qilishini inobatga olib, Madrid superklubiga “Manchester Siti”ning ikki fubolchisi xizmatlarini taklif qildi.
Xususan, “Real” klubiga “Manchester Siti”ning yetakchi markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiol nomzodi taklif qilindi. Ispaniya grandi himoya chizigʻini kuchaytirishni asosiy vazifalardan biri sifatida belgilagan.
Bu haqida AS nashri xabar bermoqda.
Manba maʼlumotiga koʻra, hozircha madridliklar va “shaharliklar” oʻrtasida xorvat futbolchisining transferi boʻyicha muzokaralar boshlanmagan. Biroq futbolchining agentlari uning “Qirollik klubi”ga oʻtish variantini oʻrganmoqda.
Shuningdek, “Real”ga Manchesterdan ketishi aniq boʻlib ulgurgan jamoa sardori va pleymeykeri Bernardu Silva xizmatlari ham taklif qilingan. Taʼkidlanishicha, portugaliyalik futbolchi yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadi va jahon chempionatigacha oʻziga yangi jamoa topmoqchi.
Manbada aytilishicha, avvaliga “Barselona”da oʻynash variantini ustun qoʻygan Bernardu Silva keyinchalik bu fikridan qaytgan. 31 yoshli futbolchi oldida yana bir necha boshqa variantlar ham bor.

Fikrlar