"Vulverxempton" futbolchisi pasportini uyda unutib qoldirgani sabab Evropa ligasi bahsida ishtirok eta olmadi

  • 9 avgust, 2019, 16:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Vulverxempton" klubi vingeri Adam Traore UEFA Evropa ligasi 3-saralash raundidan o‘rin olgan Armanistonning "Pyunik" (4:0) klubiga qarshi o‘yinda pasportini uyda unutib qoldirgani sababli ishtirok eta olmadi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu aytib o‘tdi.

Tecno

“Traoreda pasporti bilan bog‘liq muammo bo‘ldi. U bilmagandi...Adam aeroportga shaxsini tasdiqlovchi identifikatsion kartasi bilan kelgandi. Shu bois u biz bilan birga ucha olmadi”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Vulverxempton" ushbu uchrashuvda raqibi darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!