"Vulverxempton" hujumchisi Evropa ligasida 8 yillik rekordni takrorladi

  • 21.02.2020 14:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Vulverxempton" klubi forvardi Diogu Jota "Ayaks" hujumchisi Klas-Yan Xuntelarning rekordini takrorladi.

Gap shundaki 23 yoshli portugaliyalik futbolchi kecha Evropa ligasining 1/16 finalidan o‘rin olgan "Espanol"ga (4:0) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi. U bundan avval Evropa ligasining guruh bosqich so‘nggi turida "Beshiktosh"ga (4:0) qarshi o‘yinda ham raqiblari darvozasiga 3 ta gol urishga erishgan edi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra so‘nggi 8 yil ichida Evropa ligasida hech bir futbolchi qatorasiga 2 ta o‘yinda xet-trik qayd etolmagan edi.

So‘nggi bor ushbu ishni gollandiyalik hujumchi Klas-Yan Xuntelar uddalagan edi. U 2012 fevral-mart oylarida "Viktoriya" (3:1) va "Tvente" (4:1) klublari darvozasiga 3 tadan gol urgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!