
"VVFC-4" turnirining markaziy jangi aniq. Tojikistonning mashhur jangchisi o‘zbekistonlik iste’dodga qarshi jang qiladi!
Xabar berib o‘tganimizdek, 29 sentyabr kuni Toshkent shahrida "VVFC-4" turniri tashkil etiladi.
Mazkur MMA kechasida yurtimizning mahoratli jangchilari qatorida xorijlik ko‘zga ko‘ringan sportchilar ham oktagonga ko‘tariladi.
Markaziy jang esa yanada qiziqarli o‘tish turgan gap. Sababi, tojikistonlik MDH mamlakatlarida katta shuxrat qozongan, "Metro Lyublino rabotaem" chelendji bilan mashhur Saymo‘min Madiev hamyurtimiz iste’dodli Rahimjon Rajabalievga qarshi bahs yuritadi.
Ushbu qarama-qarshilik super engil vazn (56,7 kg) toifasida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Madievning ko‘rsatkichi 5-0 sifatida qayd etilgan bo‘lsa, Rajabalievning rekordi 3-0 ko‘rinish olgan.
Fikrlar