
VXLga yana ikkita klub qo‘shildi
Rossiya Federatsiyasi Rostov-na-Donu shahri sharafini himoya qiladigan "Rostov" va Xitoy poytaxti Pekinning "ShouGan" jamoalari joriy yilgi mavsumdan VXLda ishtirok etadi. Rus klubi 2013 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2015 yilda RXLda zafar quchgan. 2015/16 yilgi mavsumdan esa VXL birinchiligida ishtirok etib, ikki bor (2017 va 2019) g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
"ShouGan" esa bu yil KXLda ishtirok etadigan "Kunlun Red Star" klubining farm-klubi sifatida tashkil etildi. Shu tariqa VXL ishtirokchilari soni 34 taga etdi. Bundan bir muddat ilgari tasdiqlangan taqvim yaqin kunlar ichida tahrirlanadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida start oladigan mazkur chempionatda Toshkentning "Humo" klubi ham ishtirok etadi.
Fikrlar