
WBA'ning aprel oyi uchun yangilangan reytingi e’lon qilindi. Bir qator bokschilarimiz yuqoriladi
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) aprel oyi uchun o‘z reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bir qator o‘zbekistonlik professional bokschilarning reytingdagi o‘rinlarida o‘zgarishlar bo‘ldi.
Birinchi o‘ta engil vaznda (-48,9 kg) Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomida Muhsin Kizotani mag‘lub etib, WBA International kamarini qo‘lga kiritgan Hasanboy Do‘smatov reytingga kiritildi va 3-pog‘onadan joy oldi.
Birinchi yarim engil vaznda (-55,3 kg) Murodjon Ahmadaliev chempion sifatida qayd etilgan. Axmadaliev ham o‘z kamarlarini Ryosuke Ivasagan omadli himoya qilgan edi.
Super engil vazn toifasida (-63,5 kg) WBA International kamari sohibi Shahram G‘iyosov ham Ahmadaliev bilan bir kechada Patrisio Morenoni mag‘lub etgan. Mazkur oydagi reytingda G‘iyosov 6-o‘rindan 3 pog‘ona yuqorilab, 3-o‘rinni egalladi. Shohjahon Ergashev esa o‘tgan oydagi kabi 8-o‘rinni saqlab qoldi.
Super yarim o‘rta vazn (-69,8 kg) Isroil Madrimov o‘tgan oydagi kabi 1-o‘rinni saqlab qoldi va mazkur yo‘nalishda chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib turibdi. Madrimov Toshkentdagi boks oqshomida Emmani Kolomboni mag‘lub etgan.
Super o‘rta vaznda (-76,2 kg) WBA Continental Americas kamari sohibi Bektemir Meliqo‘ziev o‘tgan o‘ydagi 15-o‘rindan 7-o‘ringa ko‘tarildi. Meliqo‘ziev o‘zining navbatdagi jangini 19 iyun kuni Gabriel Rosadoga qarshi o‘tkazadi.
Yarimog‘ir vaznda (-79,3 kg) Rustam To‘laganov o‘tgan oyda 14-o‘rinda borayotgan edi. Ammo To‘laganov aprel oyi reytingida kuchli 15 likni tark etdi.
Mazkur reytingdan boshqa o‘zbekistonlik bokschilar o‘rin olmagan.
Fikrlar