WBAning yangilangan reytingida o‘zbek bokschilari qaysi pog‘onalarni band etdi?

  • 4 oktabr, 2020, 20:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Butunjahon Boks Assotsiatsiyasi (WBA) avgust oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda bir qator o‘zbekistonlik bokschilarning o‘rinlarida o‘zgarish yuzaga kelgan.

Jumladan, super o‘rta vaznda (76.2kg) Bektemir Meliqo‘ziev va yarim og‘ir vaznda Rustam To‘laganov (79.3kg) o‘tgan oydagi 15-o‘rindan 14-pog‘onaga ko‘tarildi. Super yarim o‘rta (69.8kg) vaznda Isroil Madrimov 2-o‘rindan bir pog‘ona yuqoriladi va reytingda peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi. Isroil Madrimov hozirda jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar hisoblanadi. 

Super engil vaznda (63.5kg) o‘zgarish bo‘lmadi. Shohjahon Ergashev 7-o‘rinda, Shahram G‘iyosov 6-o‘rnini saqlab qoldi. Murodjon Ahmadaliev o‘z vaznida (55.2kg) WBA va IBF chempioni sifatida qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!