WBC va WBO chempioni Stiven Fulton Murodjon Ahmadaliev jangiga munosabat bildirdi

  • 26 iyun, 2022, 08:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, Murodjon Ahmadaliev o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF kamarlarini Ronni Riosdan himoya qildi va 12-raundda muddatidan oldin g‘alaba qozondi.

Tecno

Ushbu bahs yakuniga etganda WBC va WBO kamarlari egasi Stiven Fulton o‘zining Twitter sahifasida uni jangga chorladi.

"Kel bu jangni (mutlaq chempionlik uchun) tashkil etaylik",- deb post qoldirgan Fulton.

Shuningdek, bir foydalanuvchi Ahmadalievning jangi haqida Fultonning fikri qiziq, deya yozgan izohiga Fulton "oson ish", (Ahmadalievni mag‘lub etish nazarda tutilmoqda) deb javob qaytardi.

Stiven Fulton PBC kompaniyasi shoularida ringga ko‘tariladi va uning janglari Show Time kanalida translyatsiya qilinadi. Murodjon Ahmadaliev esa Matchroom kompaniyasi mijozi bo‘lib, u ishtirok etadigan boks oqshomlari DAZN platformasida efirga uzatiladi. Mazkur faktorlar sabab jangni tashkil etish biroz qiyinchilik tug‘diradi.

Murodjon Ahmadaliev bahsdan keyingi intervyusida raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar farqi yo‘qligini va Matchroom rahbari Eddi Xirn qaysi yo‘lni ma’qul deb bilsa, u tayyor ekanini bildirib o‘tdi.

Murodjon Ahmadaliev va Ronni Rios jangi muddatidan oldin yakunlandi (Video)

Murodjon Ahmadaliev jang qilgan oqshomning markaziy bahsi ham muddatidan oldin yakunladi (video)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!