
WBO reytingi yangilandi. Vakilimiz kuchli 15 talikni tark etdi
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan Butunjahon boks tashkiloti (WBO) centyabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qiling. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham mazkur reyting kuchli 15 taligidan joy olgan.
Yarim o‘rta vaznda (-66,8 kg) o‘z faoliyatini olib borayotgan Qudratillo Abduqahhorov bu yo‘nalishda 9-pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, super engil vazn toifasida (-63,5 kg) Shohjahon Ergashev 10-o‘rinda qayd etilgan.
Avgust oyi reytingida 3-pog‘onada bo‘lgan o‘ta engil vazn toifasida (-50,8 kg) WVO Oriental kamari egasi Olimjon Nazarov bu oyda 15 talikka kiritilmadi. Nazarov ohirgi jangini 2020 yil fevral oyida o‘tkazgani va pandemiya sabab katta tanaffus qilgani bunga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Fikrlar