WBO yanvar oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. O‘zbekistonlik bokschilar qaysi o‘rinlarni band etgan?

  • 18 fevral, 2023, 15:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan, Butunjahon boks tashkiloti (WBO) yanvar oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.
 
Unga ko‘ra, 4 nafar charm qo‘lqop ustalarimiz kuchlilar qatorida qayd etilgan. Super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) WBO Global kamari egasi Bektemir Meliqo‘ziev 11-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, super engil vaznda (63,5 kg) faoliyat olib borayotgan Shohjahon Ergashev 6-o‘rinda qayd etilgan. O‘ta engil vazn toifasida (50,8 kg) WBO Oriental kamari egasi Olimjon Nazarov hamon 4-o‘rinni band etgan, shuningdek, birinchi o‘ta engil vaznda (48,9 kg) Xasanboy Do‘smatov 8-o‘ringa joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!