"WEF Global" promousheni O‘zbekistonda yoxud Shahrixonda katta MMA kechasi o‘tkaziladi

  • 30 iyun, 2022, 00:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

11 iyul kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanida juda katta MMA kechasi o‘tkaziladi. Qirg‘izistonning WEF Global promoushenining navbatdagi turniri aynan yuqorida ta’kidlab o‘tgan shahrimizda bo‘ladi. 

Tecno

Mazkur jang oqshomida nafaqat MMA balki professional muaytay bo‘yicha ham janglar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, muaytay bo‘yicha uch karra jahon chempioni Mavlonbek Qahhorov ham professional muaytay yo‘nalishida navbatdagi jangini o‘tkazishi kutilmoqda. Shuningdek, yurtimiz MMA olamida tobora porlab borayotgan Mashrabjon Ro‘ziboev, Kamoliddin Mamajonov, Otabek Toxirov, Shaxzod Yuldashev va yana bir qator iste’dodli vakillarimiz oktagonga ko‘tariladi. 

Tez orada to‘liq fayt-kardni ham ma’lum qilamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!