
"World Boxing" tashkiloti kubogi. Bugun ikki nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
30 iyundan 7 iyulga qadar Qozog‘istonning Ostana shahri "World Boxing" tashkiloti kubogiga mezbonlik qiladi.
Bugundan birinchi kun bahslari start olishi belgilangan. Unga ko‘ra, bizni 30 iyun sanasida ikki nafar vakilamizning janglari kutmoqda.
-51 kg: Sabina Boboqulova - Kelsey Oakley (Angliya);
-60 kg: Sitora Turdibekova - Gizem Ozer (Turkiya);
Bahslar ikki dasturda Toshkent vaqti bilan 14:00 va 19:00 da start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks fedaratsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar