
World Combat Games-2023: sambochilarimiz ilk kunda 5 ta medalga sazovor bo‘ldi
Bugun Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida III Butunjahon jang san’ati o‘yinlari boshlandi.
Ayollar o‘rtasida -59kg vazn toifasida ishtirok etgan Ibodatxon Agijonova Ruminiya vakilasi Kristina Bondar ustidan g‘alaba qozondi va oltin medalga ega chiqdi.
Erkaklar o‘rtasida -79kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Furqatjon Ro‘ziev Aleksandr Kojaevni mag‘lub etgan holda musobaqa chempioniga aylandi.
Shuningdek, Dilshodbek Yo‘ldoshev, Muhammadali Sa’dullaev, Begoyim Hayitova o‘z vazn toifalarida finalgacha etib bordi va kumush medal bilan cheklandi.
Fikrlar