Xabi Alonso "Betis" ustidan qozonilgan yirik g'alabani izohladi

  • 05.01.2026 00:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Betis" ustidan qozonilgan yirik 5:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Yilni shunday g‘alaba, Gonsaloning xet-trigi va butun jamoaning o‘ta ishonchli o‘yini bilan boshlaganimizdan xursandmiz. Biz shunday davom etishimiz kerak. Bu Gonsalo uchun orzusi bo‘lgan o‘yin edi. Kattalar jamoasi bilan birinchi mavsumida Bernabeuda xet-trik. Men u uchun juda xursandman. U fantastik va akademiya o‘yinchilari uchun namuna. Gonsalo juda aqlli. U yuguradi, gol uradi, bularning barchasi juda muhim. U butun jamoani, butun o‘yinimizni yaxshilaydigan futbolchi.

Vinisius bugun ajoyib o‘ynadi. U juda muhim va keyingi o‘yinlarda ham shunday bo‘lib qoladi. Bizga Kamavinga pik holatida kerak. U ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Biz Kurtuadan boshqa o‘yinchi sifatida foydalanmoqdamiz. U bundan zavq oladi", - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!