Xabi Alonso «Chelsi»dagi Enzo Fernandez kelajagi haqidagi savolga javob berdi

  • 20.08.2026 18:11
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa yarim himoyachisi Enzo Fernandezning kelajagi haqida fikr bildirdi. Argentina terma jamoasi a’zosiga jiddiy da’vogarlardan biri sifatida «Manchester Siti» tilga olinmoqda.

 

«Enzo Fernandez – «Chelsi» futbolchisi. U yuqori darajadagi oʻyinchi. Biz undan mamnunmiz. Enzo dushanba kuni «Fulxem»ga qarshi oʻyinga hozirlanyapti», – deya Alonso soʻzlarini keltiradi insayder Fabrizio Romano.

 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda Enzo Fernandez «Chelsi» tarkibida 54 ta oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi. Uning «koʻklar» bilan tuzgan shartnomasi 2032 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!