Xabi Alonso “Chelsi”ga Yevropa chempionlar ligasi g‘olibini chaqiryapti

  • 14.06.2026 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Bredli Barkola joriy yozda jamoasini tark etishi mumkin.

CentreGoalHQ nashri ma'lumotiga koʻra, fransiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgan grand klublar qatoriga “Chelsi” ham qoʻshildi. London klubi hujumchini yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsad sifatida belgilagan.

Londonliklarning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso Barkolani “Chelsi” loyihasidagi yetishmayotgan boʻgʻinni toʻldiruvchi ijrochi, deb hisoblamoqda.

Bredli Barkola 2023 yilda “Lyon”dan «PSJ»ga 45 million yevro evaziga oʻtgan edi. Uning Parij klubi bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.

2025/26 yildgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 49 ta oʻyinda qatnashib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Barkolaning bozor qiymatini 70 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!