Xabi Alonso “Chelsi”ga uchta zo‘r to‘purar tanladi
Bu yozda “Chelsi” hujum chizig'ini yangi futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi. Ayniqsa, Joao Pedroning “Barselona”ga o'tishi mumkinligi fonida bu masala yanada dolzarb bo'lib turibdi.
Angliya ommaviy axborot vositalarining ma'lumotlariga ko'ra, Xabi Alonso quyidagi hujumchilarni jamoaga taklif qilishni istamoqda.
Viktor Osimxen (“Galatasaroy”)
Turk klubi nigeriyalik markaziy hujumchi uchun taxminan 100 million yevro talab qilishi mumkin. Shuningdek, futbolchining yuqori maosh talablari ham muammo tug'dirishi ehtimoldan xoli emas. Biroq Viktor Osimxen qaerda o'ynamasin, doim ko'p gol uradigan hujumchi sifatida tanilgan.
Xulian Al'vares (“Atletiko” Madrid)
Aytilishicha, argentinalik forvard “Chelsi” uchun eng ma'qul variant hisoblanadi. Ammo asosiy muammo shundaki, Al'varesning o'zi faqat “Barselona”dan taklif bo'lgan taqdirdagina “Atletiko”ni tark etishga tayyor.
Igor Tiago (“Brentford”)
Braziliyalik hujumchi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 22 ta gol urdi va Braziliya milliy terma jamoasining jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritildi. Bu vaqtda Joao Pedro terma jamoa ro'yxatidan chetda qoldi.
Igor 2026 yil fevral oyida “Brentford” bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolagan bo'lsa-da, bu uning yozda klubini o'zgartirishiga to'sqinlik qilmasligi mumkin.

Fikrlar