Xabi Alonso eng zo‘r o‘yinchini “Real”ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymayapti
“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa yarim himoyachi Enzo Fernandezning Madridning «Real» klubiga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqida jurnalist Migel Serrano ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, yaqinda jamoa boshqaruvini qo‘lga olgan ispaniyalik mutaxassis argentinalik futbolchining “Real”ga ketmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Biroq agar “Chelsi” Enzo Fernandezni sotishga majbur bo‘lsa, Xabi Alonso rahbariyatdan uning o‘rniga “Real” yarim himoyachisi Orelien Tchuamenini sotib olishni so‘raydi.
O‘tgan mavsumda 25 yoshli Fernandez barcha musobaqalarda 54 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar