Xabi Alonso: “G‘alaba qanday kelgani emas, uning ahamiyati muhim”

  • 6 aprel, 11:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso Bundesliganing navbatdagi turidan o‘rin olgan “Xaydenxaym”ga qarshi o‘yin (1:0) haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Yakuniga qadar kurashli kechgan bellashuvda leverkuzenliklar 91-daqiqadagi gol orqali muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Tecno

— Bu yana bir ehtirosli va his-tuyg‘ularga boy uchrashuv bo‘ldi. Seshanba kuni “Arminiya”dan (kubokda) mag‘lub bo‘lganimizdan so‘ng biz bugun o‘zimizni tiklashni istadik. Endi esa g‘alabani nishonlashga haqqimiz bor.

Bizning hozirgi holatimizda eng muhimi — g‘alaba qozonish edi. Ba’zida bunga qanday erishganimizni ham so‘rash shart emas. Bu yutuq bizga katta ruhiy ko‘tarinkilik beradi, – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ispaniyalik sobiq futbolchi. 

Eslatib o‘tamiz, "Bayer" navbatdagi uchrashuvini 12 aprel kuni soat 18:30 da "Union Berlin"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!