Xabi Alonso Vinisiusning zaxirada qolishi haqida: Jamoa manfaatlarini o‘ylab qaror qabul qilish kerak

  • 25 avgust, 12:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabi Alonso Vinisius nima uchun "Real" bilan uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamagani xususida fikr bildirdi. 

Madridning "Real" klubi La Liga doirasida "Real Ovedo"dan ustun keldi (3:0). Madridliklar jamoasining braziliyalik vingeri 63-daqiqada maydonga tushib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 

"Futbolda jamoa manfaatlarini o‘ylab qaror qabul qilish kerak. Biz futbolchilar o‘zlarini muhim his qilishlari va asosiy tarkibda ham, zaxirada ham maydonga tushishga tayyor bo‘lishlarini istaymiz. 

Ba’zan futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushib, muhim rol o‘ynashi, ba’zan esa zaxiradan uchrashuvga qo‘shilib hal qiluvchi ahamiyat kasb etishlari mumkin. Vinisius buni amalga oshirdi. Bu butun mavsum davom etadi",
- dedi "qirollik klubi" ustozi. 



 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!