Xabi Alonso: "Xatolardan saboq olamiz"

  • 1 sentabr, 2024, 10:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabi Alonso "Bayer"ning "Leyptsig"dan uchralgan mag‘lubiyat(2:3) haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

Leverkuzenliklarning kechagi o‘yindagi mag‘lubiyati ularning Bundesligadagi 35 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi. O‘tgan mavsumda "dorishunoslar" birorta ham o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan holda chempion bo‘lgan edi.

"Ushbu o‘yinda ijobiy va salbiy tomonlar ko‘p bo‘ldi. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Ikkinchi bo‘limda muvaffaqiyatimizni mustahkamlashni xohladik. Ammo biz o‘yin nazoratini qo‘ldan chiqardik va raqibimizga juda ko‘p jabxalarni boy berdik. Himoyada yaxshi harakat qilmadik. Biz birgalikda hujum qilishimiz va himoya qilishimiz kerak.

Xalqaro tanaffusda bu borada ishlaymiz. Biz xatolardan saboq olamiz. Hisob 2:0 bo‘lib turganda raqibni ortga qaytarishga yo‘l qo‘yish yaxshi emas. Lekin bu jarayonni tuzata olishimizga ishonchtm komil. Chunki faqat mavsum boshidamiz", - dedi "Bayer" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!