Xabib Nurmagomedov: "O'zaro solishtirsak, Usmon istedodliroq, biroq Umar hamma narsaga mehnati orqali erishgan"

  • 27.08.2026 14:56
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

MMA afsonasi Xabib Nurmagomedov amakivachchasi Umar Nurmagomedov haqida gapirdi.

"Umar – juda mehnatkash. Agar uni ukasi bilan taqqoslasak, Usmon iste'dodliroq, lekin Umar hamma narsaga mehnati orqali erishgan. 

Temirni qancha ko‘p ursang, qilich shuncha yaxshi bo‘ladi. Umarning yonida esa temirchilar bisyor edi – otam, uning otasi, men va boshqa sparring sheriklarim. Qarang, aynan shular sabab u bugun qanday qilich bo‘lib yetishdi?!", - dedi Xabib "Gorilla Fighting" nashriga bergan intervyusida.

Esalatib o‘tamiz, Umar Nurmagomedov 29 avgust kuni Shanxayda bo‘lib o‘tadigan "UFC Fight Night 286" turnirida mezbonlar vakili Song Yadongga qarshi jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!