Xabib Nurmagomedov “Real”ning ashaddiy muxlisi chiqib qoldi
UFC va MMA yo‘nalishi bo‘yicha engilmas jangchi – Xabib Nurmagomedov kechagi “Real”ning “Bavariya” ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng, o‘zining Instagram sahifasida post qoldirdi.
“Men bolalikdan futbolga qiziqaman va “Real”ga muxlislik qilaman. Bu dunyodagi eng kuchli jamoa, eng yaxshi to‘purarga ega, eng yaxshi himoyachi va eng yaxshi murabbiyga ega bo‘lgan jamoadir. Bundan tashqari eng yaxshi muxlislarga ega jamoa hamdir”.
Xabib Nurmagomedov
O‘z navatida Krishtianu Ronaldu bu postga befarq qaragani yo‘q va Xabibni o‘zining yaqin “ukasi” ekanligini ta’kidladi.

Fikrlar