Xabib Nurmagomedov: "Xamzat Chimaev yana o'sha xatoni qildi"

  • 14.05.2026 00:29
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov Hamzat Chimaevning Shon Striklendga qarshi jangdagi xatosi haqida gapirdi.

“Hamzat barcha stsenariylarni ko‘rib chiqishi kerak edi. Agar shunday bo‘lsa-chi, boshqacha ketsa-chi, agar bu tomondan kirib kelsak-chi? Professional MMAchi hamma narsani hisobga olish zarur. Shaxsan men uchun jang rejasini tuzish qiyin emas edi. Menda doim bitta variant bo‘lardi – raqibni parterga olib o‘tish! Agar o‘xshasa - yaxshi, o‘xshamasa yana yuz marta urinardim.

Lekin Chimaevning janglarida buni ko‘rmaysiz. Masalan, Gilbert Bёrns yoki Kamaru Usmanga qarshi bahsni olaylik. Dastlabki raundlarda Hamzat kurashini o‘tkaza olmadi. Keyingi raundlarda esa faqat "stoyka"da qoldi. Men bir yil avval unga bu haqida aytgandim. Biroq Shonga qarshi to‘qnashuvda ham Chimaev xuddi shu taktik xatoga yo‘l qo‘ydi”, — dedi Nurmagomedov "HUSTLE SHOW" podkastida.

Odina Nazirova tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!