
Xalk vataniga qaytishi mumkin
"Shanxay SIPG" sobiq hujumchisi Xalk Braziliya chempionatiga qaytishi mumkin. 34 yoshli futbolchi "Flamengo" klubi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Erkin agent maqomidagi futbolchiga "Beshiktosh", "Atletiko Mineyro" va "Istanbul Bashakshehir" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Xalk Evropadagi faoliyati davomida "Portu" va "Zenit"da to‘p surgan va 196 ta o‘yinda maydonga tushib, 110 ta gol urgan.
Fikrlar