Xalqaro maydonda faoliyat olib boruvchi o‘zbekistonlik mutaxassislar soni ortdi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan musobaqalar davomida komissarlik, protokol, xavfsizlik, axborot-ko‘ngilochar tizimi, media va marketing kabi yo‘nalishlarida faoliyat olib boruvchi O‘FA, O‘zPFL va O‘FF xodimlari soni 10 nafarga etdi.
Xususan, bir necha kun avval OFKning komissarlar uchun navbatdagi seminar-imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xalqaro musobaqalar va tadbirlarni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i – Muhammadsodiq Sadik-Axunov va O‘zPFL musobaqalarni o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi – Diyor Xotamqulov imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, OFK komissarlari safiga qo‘shilishdi.
Fikrlar