Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Alisher Usmonovni taqdirladi

  • 3 dekabr, 2019, 13:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Shveytsariyaning Lozanna shahrida dunyoning 150 dan ortiq mamlakat vakillaridan 300 delegat ishtirok etgan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda MOQ prezidenti, Markaziy Osiyo va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova ham ishtirok etdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Kongressda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ham qatnashib, tadbir ishtirokchilarini samimiy qutlab o‘tdi. XOQ prezidenti qilichbozlikning barcha 12 yo‘nalishini ham Olimpiya o‘yinlari dasturiga kirishida ulkan xissa qo‘shgan janob Alisher Usmonovni XOQning maxsus sovg‘asi bilan taqdirladi.

Kongress doirasida yil yakunlari bo‘yicha ham qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishda sovrinlar topshirildi:

“Fair Play Trophy”: Sablya bo‘yicha Vengriya terma jamoasi vakillari Tamash Dechi, Chanad Gemesi, Andrash Satmari, Aron Stsilagi va frantsiyalik Bolade Apitiga.

Kattalar va yoshlar o‘rtasida reyting g‘oliblari:

Shpaga. Kattalar o‘rtasida jamoaviy: Rossiya (ayollar va erkaklar). Yakkalik: Man Vay Vivian Kong (Gongkong) va Kazuyasu Minobe (Yaponiya).
Yoshlar o‘rtasida: Rossiya (ayollar) va Vengriya (erkaklar). Yakkalik: Federika Izola va Davide Di Veroli (ikkalasi ham Italiya).

Rapira. Kattalar o‘rtasida jamoaviy: Rossiya (ayollar) va AQSh (erkaklar). Yakkalik: Inna Deriglazova (Rossiya) va Alessio Fokoni (Italiya).
Yoshlar o‘rtasida: Italiya (ayollar) va Rossiya (erkaklar). Yakkalik: Martina Favaretto (Italiya) va Mohammed Hamza (Misr).

Sablya. Kattalar o‘rtasida jamoaviy: Frantsiya (ayollar) va Koreya Respublikasi (erkaklar). Yakkalik: Olga Xarlan (Ukraina) va Sangxuk Ox (Koreya Respublikasi).
Yoshlar o‘rtasida: Germaniya (ayollar) va Italiya (erkaklar). Yakkalik: Yoana Ilieva (Bolgariya) va Lorentso Roma (Italiya).

Millatlar Gran-prisi: Rossiya va Italiya.

Shuningdek, mazkur Kongress davomida Kabo-Verde, Keniya, Oman va Papua-Yangi Gvineya kabi mamlakatlar Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi a’zo bo‘lishdi. Shu tariqa xalqaro tashkilotga a’zo mamlakatlar soni 157 taga etdi.

Kongressda xalqaro federatsiyaning ortda qolgan vaqt mobaynida olib borgan ishlari, joriy yil bo‘yicha moliyaviy hisobiti va kelasi yil uchun ajratilgan byudjeti to‘g‘risida hisobot tinglandi. Shuningdek, 2021 yil kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonligi uchun o‘tkazilgan ovoz berishda Misr mamlakati nomzodi ma’qullandi. Qolaversa, 2020-2024 yillar oralig‘idagi xalqaro musobaqalarda jahon va Olimpiada chempionlarining bahslarda ajralib turishi uchun ularning sport kiyimiga ism-familiyasini qizil va oltin ranglarda yozdirib qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!