Xames “MYu”ga o‘tishni istamoqda va u bunga juda yaqin turibdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges tez orada “qirollik klubi” safini tark etadi va “Manchester Yunayted” a’zosiga aylanadi.

Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha kolumbiyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan kelisha olmayapti va shu sababli ham “Real”ni tark etmoqchi. U “Manchester Yunayted” faoliyatini davom ettirishi uchun eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaydi.

Ta’kidlash kerakki, futbolchining agenti Jorje Mendesh “qizil iblislar”ning amaldagi bosh murabbiy Joze Mourinyu bilan yaqin hamkor hisoblanadi. U allaqachon Xamesning transferi borasida “MYu” vitse-prezidenti Ed Vudvard bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Rodrigesga shuningdek “Chelsi” va PSJ klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ammo, futbolchining o‘zi “MYu”da to‘p surishni hoxlayapti. Agar kelishuv qishki transfer davrida amalga oshmay qolsa, yozda albatta bu voqea sodir bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi ushbu mavsum “Real” safida 18ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Avvalroq esa Xamesning “Real”dan ketmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!