Xames Rodriges Kolumbiya terma jamoasiga chaqirilmadi

  • 28.05.2021 23:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kolumbiya futbol federatsiyasining rasmiy saytida hujumkor yarim himoyachi Xames Rodriges jahon chempionati va Amerika kubogining navbatdagi saralash o‘yinlari uchun Kolumbiya terma jamoasidan chetlatilgani haqida xabar berildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, bu futbolchining oxirgi tibbiy ko‘rik natijalari bilan bog‘liq. Shifokorlar Rodriges optimal holatda emasligini aytgan.

Qayd etilishicha, Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Reynaldo Rueda va futbolchilar ayni damda Xamesning tarkibga kira olmaganidan afsusda.

OAV xabarlariga ko‘ra, Kolumbiya terma jamoasidan chetlatilishi Xames Rodrigesni g‘azablantirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!