
Xamesga Angliya, Italiya va Portugaliyadan takliflar bor
"Real" Madrid xavbeki Xames Rodriges faoliyatini Angliya, Italiya yoki Portugaliyada davom ettirishi mumkin.
El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli kolumbiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted", "Milan", "Inter" va "Benfika" klublaridan qiziqishlar mavjud. Uning o‘zi esa premer-ligada kuchini sinab ko‘rmoqchi.
Xames joriy mavsum “Real” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 32 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar